Qadalgan xabarlar 2.0, yaxshilangan jonli joylashuvlar, pleylistlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Qadalgan xabarlar 2.0, yaxshilangan jonli joylashuvlar, pleylistlar va boshqalar bilan tanishing

Bugundan boshlab har bir chatda bir nechta xabarni qadash, tanishlaringiz jonli joylashuv ulashayotgan boʻlsa, ular yaqinlashganida bildirishnoma olish, musiqalarni pleylistlar sifatida yuborish va boshqa yangiliklarni sinashingiz mumkin.

Bir nechta qadalgan xabar

Endi har bir chatda bir nechta qadalgan xabar ishlaydi. Ular orasida almashtirish uchun shunchaki yuqori panelni bir necha marta bosing yoki barchasini alohida sahifada koʻrmoqchi boʻlsangiz, yangi tugmadan foydalaning.

Kanal va guruhlarga qoʻshimcha ravishda qadalgan xabarlar endi shaxsiy yozishmalarda ham ishlaydi – masalan, xaridlar roʻyxati yoki doʻstona garovlarni yodda tutish uchun qadash mumkin.

Yaxshilangan jonli joylashuvlar

Tanishlar jonli joylashuvini ulashganida, ular yaqinlashgan paytda sizni xabardor qiluvchi bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, jonli joylashuvdagi beglilar endi foydalanuvchilar qaysi tomonga qarab yurayotganini koʻrsatadi. Bu bilan burilishni oʻtkazib yuborgan tanishingizga vaqtida yordam berishingiz mumkin.

Pleylistlar

Bir vaqtda bir nechta tarona yuborganingizda, ular pleylistda birgalikda tartiblanadi – ijro etish, uzatish yoki fikr bildirish osonroq. Taronalardan birini ochsangiz, hammasi Telegram ichki media pleyerida ketma-ket ijro etiladi.

Pleylist chatga yuborildi

Bir nechta fayl birgalikda yuborilganida ham, ular bitta qulay chat pufakchasida aks ettiriladi. Tabiiyki, siz uni har doim qismlarga ajratishingiz va toʻplamdan faqat bittasini yoki bir nechtasini tanlashingiz mumkin.

Kanal postlari statistikasi

Fikrlar kanallarda obunachilar faolligini oshirdi va endi administratorlarda auditoriya munosabatini kuzatish uchun yana bitta vosita mavjud. Umumiy statistikaga qoʻshimcha ravishda ular har bir alohida post uchun statistikani ham koʻrishi mumkin – jumladan, post uzatilgan ommaviy kanallar roʻyxati.

Kanal postlari statistikasi sahifasi

Android uchun yangi animatsiyalar

Android uchun ilova dasturchilarimiz xabarlar yuborish va musiqa pleyerida taronalarni almashtirishda yangi animatsiyalarni qoʻshishdi.

Android foydalanuvchilari uchun yana bitta yangilik: endi yuklangan rasmlarni tahrirlash va qayta yuborish mumkin. Shunchaki ochilgan rasmda moʻyqalam tugmasini bosing – masalan, unga kerakli qismni tez joylash yoki yuzlarga bosh suyagi stikerlarini qoʻshish uchun.

Oʻyin avtomati

Monako asta-sekinlik bilan sayyohlar uchun ochilmoqda, lekin omadingizni sinab koʻrishning boshqa yoʻli ham bor: istalgan chatga 🎰 emojisini yuboring va uchta yettini yigʻishga harakat qilib koʻring.

Agar oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, bu 🎲, 🏀, ⚽️ va 🎯 emojilari uchun ham ishlaydi.

Yangi animatsiyali emojilar

Hellouin munosabati bilan biz barcha qoʻrqinchli emojilarga animatsiya qoʻshdik. Chatda ulardan 👇 birini olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring. Chatlarda animatsiyali emojilarni koʻrishda syurpriz olish uchun ⚰️ va 🎃 emojilari ustiga bosib koʻring.


Agar Hellouin muxlisi boʻlmasangiz, bizda siz uchun yana bitta animatsiyali emoji mavjud:

Bu yangilanishni qanday olish mumkin

Bu funksiyalarga ega yangi versiyani allaqachon Android foydalanuvchilari Google Play yoki APK orqali yuklab olishi mumkin. iOS foydalanuvchilari, Apple uni koʻrib chiqishni yakunlaganida yoki Android tizimiga almashtirishga qaror qilish orqali 👀 yangilanishni oʻrnatishi mumkin.
Yangilandi: (31-oktabr) Endi yangilanish iOS foydalanuvchilari uchun ham mavjud.

Buguncha shular, keyingi yangilanishlarni kuzatib boring!


2020-yil, 30-oktabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026